Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyatining Belarus Respublikasiga xizmat safari bo‘lib o‘tdi

Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyatining Belarus Respublikasiga xizmat safari bo‘lib o‘tdi

Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig'i YE.V.Kolenko O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish idoralarining ta'lim muassasalari rahbarlaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Belarus Respublikasiga xizmat safarida bo‘ldi.

Delegatsiya a'zolari Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga tashrif buyurib, Akademiya boshlig‘i S.I.Doroshko bilan uchrashuvda zamonaviy talablarga mos holda huquqni muhofaza qilish sohasi malakali kadrlarini tayyorlash tizimini rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish borasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Tashrif davomida shuningdek Belarus Respublikasi Tergov qo‘mitasida Bosh prokuratura Akademiyasi rahbari Tergov qo‘mitasi raisi Dmitriy Gora bilan uchrashdi.

Tadbirda Tergov qo‘mitasi markaziy apparati xalqaro-huquqiy bo‘limi boshlig‘i M.Vavulo, Tergov qo‘mitasi instituti boshlig‘i YU.Kamenetskiy hamda idoraviy ta'lim muassasasining ilmiy, xalqaro va noshirlik faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G.Suzdaleva ishtirok etdilar.

Konstruktiv ruhdagi, amaliy yo‘naltirilgan muzokaralar davomida tomonlar yanada samarali hamkorlikka qat'iy ishonch bildirdilar.

Tomonlar ilmiy-tadqiqot va ta'lim sohalarida, shu jumladan xalqaro loyihalarni birgalikda amalga oshirish borasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Xodimlarning shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarini monitoring qilish tizimi belorussiyalik hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otgani bois, Bosh prokuratura Akademiyasi Tergov qo‘mitasi instituti faoliyatiga bunday tizimni joriy etishda uslubiy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligi bildirildi.

Tomonlar yaqin kelajakda imzolanishi rejalashtirilgan ta'lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasini ko‘rib chiqdilar.

Tashrif davomida, shuningdek Akademiya va Belarus davlat universitetining sudyalar, prokuratura, sudlar va adliya muassalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamda Belarus Respublikasi Bosh prokuraturasi qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash ilmiy-amaliy markazi bilan ta'lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida 2018 yilda imzolangan Memorandumlar doirasida Institut direktori V.Godunov hamda Markaz direktori V.Marchuk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ta'lim muassasalari rahbarlari yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Xizmat safari yakunlari bo‘yicha Akademiya bilan Belarus Respublikasining ta'lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.