“Tizimli tahlil va tanqidiy fikrlash” mavzusida masofaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi

“Tizimli tahlil va tanqidiy fikrlash” mavzusida masofaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan prokuratura organlarining tashkiliy-nazorat va tahlil faoliyatiga mas'ul xodimlari ishtirokida “Tizimli tahlil va tanqidiy fikrlash” mavzusida masofaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi. 
Kurs dasturi tizimli yondashuv va tizimli tahlil, tanqidiy fikrlash va argumentlash hamda prokuratura organlari faoliyatida huquqiy tahlil kabi masalalar bo‘yicha o‘quv modullaridan iborat bo‘lib, asosiy e'tibor xodimlarda tizimli tafakkur, tanqidiy va tahliliy fikrlashni shakllantirishga qaratildi.    
Kurs mashg‘ulotlari tizimlarni modellashtirish, axborotni tanqidiy baholash va tahlil qilish, argumentlangan yozma nutqni tayyorlash, qonuniylik va jinoyatchilik holatini tahlil qilishga doir qator amaliy vazifa va topshiriqlarni bajarish orqali tinglovchilarda tahliliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.  
Shuningdek, kurs doirasida “Ijtimoiy tizimlar va ularni boshqarish” hamda “Huquqiy sohadagi tahlilning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzularida sinxron o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. 
O‘quv kursini yakuniga ko‘ra tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.