Akademiya tayanch doktoranti dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi

Akademiya tayanch doktoranti dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash majlisida Akademiya tayanch doktoranti Bobur Mirzo Ismoilovning “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqiy muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo‘yicha “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

B.Ismoilov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik ustidan prokuror nazoratini nazariy-huquqiy asoslari, tadrijiy rivojlanishini va amaliyotdagi muammolarni bartaraf qilish yuzasidan o‘tkazilgan tahlillar natijasida tadqiqot ishi doirasida nazariy, amaliy-tashkiliy va qonunchilikni takomilashtirishga qaratilgan taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqildi.

Ilmiy Kengash ishtirokchilari tomonidan mazkur ilmiy ish bir ovozdan ijobiy deb baholanib, B.Ismoilovning dissertatsiyasi tugallangan deb hisoblanib, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Akademiya jamoasi B.Ismoilovni dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!