Markaziy Osiyoda HELP loyihasi treningida ishtirok etildi

Markaziy Osiyoda HELP loyihasi treningida ishtirok etildi

O‘zbekiston Respublikasining Inson Huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasini amalga oshirish maqsadida Akademiya Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan hamkorlikdagi yuridik kasb vakillari uchun HELP (Human Rights Education for Legal Professionals) inson huquqlari bo‘yicha ta'lim loyihasida ishtirok etmoqda. 

HELP loyihasi Markaziy Osiyoda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni tushunish va samarali joriy etish maqsadida Yevropa Kengashining huquqiy vositalaridan xabardorlik darajasini oshirishga ko‘maklashadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun loyiha yuridik kasb vakillari (HELP) uchun Yevropa inson huquqlari bo‘yicha o‘quv dasturining metodologiyasidan foydalanadi.

Akademiyaning bir guruh xodimlari Yevropa Kengashining HELP Dasturi murabbiylari uchun HELP kurslarida mashg‘ulot o‘tkazish metodologiyasini o‘zlashtirish va tinglovchilarni murabbiy (ustoz, tyutor) vazifasini bajarishga tayyorlashga qaratilgan treningda ishtirok etmoqda.

Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar Yevropa Kengashning sertifikatiga ega bo‘ladi va ular HELP murabbiylari ro‘yxatiga kiritiladi.