Akademiya tomonidan BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda AQShning O'zbekistondagi elchixonasi ko'magida 2020 yil 11-14 fevral kunlari “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavflarini aniqlash: moliyaviy ma'lumotlarning strategik tahlili” mavzusida mintaqaviy trening o'tkazildi.
Treningda Belarus`, Qozog'iston va Ukrainadan xalqaro ekspertlar, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Markaziy bank vakillari, shuningdek Akademiyaning professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida strategik tahlilni amalga oshirish, ustuvor yo'nalishlarni aniqlash, rejalashtirish va vazifalarni belgilash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog'liq shubhali faoliyat tipologiyalari kabi masalalar o'rganildi.
Trening yakunlari bo'yicha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.