Bosh prokuratura Akademiyasida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas'ul xodimlari ishtirokida “Byuro organlarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi yakunlandi.
Mazkur o‘quv kursi dasturi Byuro xodimlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqib, hal qilish, fuqarolar qabulini tashkil etish, shuningdek, fuqarolar bilan samarali muloqotni tashkil etish hamda murakkab vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.
O‘quv kursi doirasida tinglovchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalarida, shuningdek Bosh prokuraturaning Murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markazida sayyor mashg'ulotlar tashkil etildi.