Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash masalalari bo‘yicha simulyatsiya treningi tashkil etildi

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash masalalari bo‘yicha simulyatsiya treningi tashkil etildi

Akademiya tomonidan BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida Bosh prokuratura Akademiyasida “Uyushgan jinoyatchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq parallel moliyaviy tergovni amalga oshirish va noqonuniy moliyaviy oqimlarga chek qo‘yish” mavzusida simulyatsiya treningi tashkil etildi.

Tadbirning maqsadi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tergov-tezkor xodimlarining parallel moliyaviy tergovni amalga oshirish va noqonuniy moliyaviy oqimlarga chek qo‘yish bo‘yicha malakasini oshirishdan iborat.

Trening davomida ishtirokchilar giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish bilan bog‘liq jinoiy ishlar doirasida parallel moliyaviy tergov o‘tkazishda xalqaro amaliyot, amalga   oshirilishi zarur bo‘lgan idoralararo hamkorlik va bunday jinoyatlarni tergov qilish davomida xalqaro tashkilotlarning tutgan o‘rni to‘g‘risida ma'lumot oldilar.

Mazkur jinoyatlar bilan bog‘liq noqonuniy moliyaviy oqimlarni jilovlash maqsadida ichki ishlar organlari, prokuratura, Departament, bojxona organlari, Davlat xavfsizlik xizmati kabi organlarning hamkorlikdagi faoliyatiga alohida ahamiyat qaratildi. Trening amaliy xarakterga ega bo‘lgani bois, tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan oldindan tayyorlangan jinoyat ishi maketi asosida tegishli tergov harakatlari amalga oshirildi (tintuv, dalillarni to‘plash va ko‘zdan  kechirish, so‘roq qilish va boshqalar), protsessual hujjatlar tayyorlandi hamda tergov natijalariga ko‘ra ayblov xulosasi va sxemalar tayyorlanib, imtihon komissiyasiga taqdim etildi.

Simulyatsiya treningida tortishuvchanlikni ta'minlash maqsadida ishtirokchilar turli davlat organlari vakillaridan iborat guruhlarga bo‘lindi.

Tadbir yakuni bo‘yicha ishtirokchilarga sertifikatlar berildi.  

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining parallel moliyaviy tekshiruvni amalga oshirish va noqonuniy moliyaviy oqimlarga chek qo‘yish bo‘yicha malakasini oshirishilishi joriy yilda Yevroosiyo guruhi (YEAG) tomonidan respublikamizning FATF tavsiyalariga muvofiqligini o‘zaro baholash jarayoni arafasida o‘tkazilishi foydali bo‘ldi.