Mahallalardagi kriminogen vaziyatni o‘rganish bo‘yicha sayyor faoliyat davom etmoqda

Mahallalardagi kriminogen vaziyatni o‘rganish bo‘yicha sayyor faoliyat davom etmoqda

Huquqbuzarliklar profilaktikasini ilmiy-metodik ta'minlash bo‘yicha faoliyat doirasida Akademiya xodimlari mahallalardagi kriminogen vaziyatni chuqur o‘rganishni amalga oshirmoqdalar.

Navbatdagi sayyor o‘rganish Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori hamda faollari bilan olib borildi.

Xususan, 2020 yilda sodir etilgan 19 turdagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, uning yakuniga ko‘ra jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda ushbu hududlarda barqaror vaziyatni ta'minlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi;

Shuningdek, aholi muammolari o‘rganilib, mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofini yoritishda, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan bir guruh xotin-qizlarning ishga joylashishida ko‘mak berildi.

Muborak tumanidagi dehqon bozori va buyum bozori hududida savdo-sotiq va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Mazkur faoliyat respublikaning barcha hududlarida tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.