Bosh prokuratura Akademiyasida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun “Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va prokuratura xodimlarining kasb axloqi” mavzusida navbatdagi mahorat darsi o‘tkazildi.
Mazkur mahorat darslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Akademiya va TDYUU o‘rtasida imzolangan Kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Mashg‘ulotda Akademiya professor-o‘qituvchilari va universitetning 30 nafarga yaqin talabalari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talabalar Akademiya kafedralari, bo‘lim hamda markazlari faoliyati, shuningdek o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot hamda tahliliy faoliyatning tashkil etilishi bilan atroflicha tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, talabalar uchun Akademiya binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida talabalar sud protsessi imitatsiyasi xonasi, kriminalistika xonasi va poligoni, elektron tir va boshqa amaliy hamda vaziyatli
mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun maxsus jihozlangan xonalar, shuningdek Akademiya o‘quv auditoriyalarini ko‘zdan kechirishdi.
Talabalarda shuningdek elektron (masofaviy) o‘qitish, voqea joyini virtual ko‘zdan kechirish, Akademiya multimedia markazining imkoniyatlari qiziqish uyg‘otdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.