Bosh prokuratura Akademiyasida auditorlik tashkilotlari hamda sug‘urta agentliklarining mas'ul xodimlari uchun “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish” mavzusidagi masofaviy malaka oshirish kursi boshlandi.
Kurs dasturi jinoiy daromadlarni legallashtirish va terorizmni moliyalashtirishni aniqlash va tushunish, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning xalqaro tizimi hamda maqsadli moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash kabi masalalarni qamrab olgan.
Kurs mashg‘ulotlari doirasida shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar va terrorizmni moliyalashtirish xavflarini sektorlar va milliy darajada baholashni o‘tkazish masalalari, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimi faoliyati xususiyatlariga oid mashg‘ulotlar o‘rin olgan.
Mazkur malaka oshirish kursi tinglovchilarda ichki nazorat xizmati tizimini tashkil etish, sektorlar xavflari darajasini baholash va aniqlashni, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlashga oid amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.