“Sohaviy ingliz tilini o‘qitish muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

“Sohaviy ingliz tilini o‘qitish muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

2021 yil 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi O‘zbekiston nofilologik oliy ta'lim muassasalari ingliz tili o‘qituvchilarining o‘zaro tajriba almashish guruhi (UzTESPING) bilan hamkorlikda “Sohaviy ingliz tilini o‘qitish muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy videokonferensaloqa rejimidagi konferensiya tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida o‘tkazildi. 
Tadbirda UzTESPING a'zolari, Varvik universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent xalqaro Vestminister universiteti ekspertlari, shuningdek sohaviy ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha xalqaro darajadagi konsul'tantlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar sohaviy ingliz tilini o‘qitishning dolzarb masalalari, sohadagi tizimli muammolar va kamchiliklarni muhokama qilib, ularning yechimlariga oid fikr almashdilar.
Ishtirokchilar Bosh prokuratura Akademiyasida chet tillarini o‘qitish borasidagi tajriba hamda ta'lim jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy metodikalar bilan tanishdilar.
Tadbir ingliz tilini o‘rganishni ommalashtirish istiqbollariga oid fikr va tajriba almashish uchun qulay imkoniyat bo‘lib xizmat qildi.
Konferensiya interaktiv muhokamalar tarzida bo‘lib o‘tdi, yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi, shuningdek UzTESPING doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar belgilab olindi.