Til o'rgatish kafedrasi

Til o'rgatish kafedrasi

Til o'rgatish kafedrasi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining tarkibiy tarmog'i hisoblanadi.

Kafedra o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining “Prokuratura to'g'risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni o'tash to'g'risidagi Nizom, Bosh prokuraturaning hay'ati qarorlari, Bosh prokuror va Akademiya boshlig'i buyruqlari, mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiradi. Kafedra O'zbekiston Prezidentining 2018 y. 8 maydagi “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5438-son Farmoni asosida tashkil etilgan.

Kafedraning asosiy vazifalari:

  • modullar bo'yicha o'quv-amaliy mashg'ulotlarni ilmiy-amaliy tajribaga tayangan holda sifatli o'tkazish chorasini ko'rib borish;o'quv modullari bo'yicha dasturlar tuzish, mashg'ulotlarni ularga mos ravishda o'tkazilishini ta'minlash;
  • o'quv modullari bo'yicha tinglovchilar tomonidan mustaqil (fakultativ) ishlar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va ularni baholash;
  • kafedraning har olti oyga mo'ljallangan va istiqbolli ish rejalarini ishlab chiqish;
  • kafedra faoliyati yuzasidan Ilmiy kengashga hisobot taqdim etish;
  • til o'rganishni targ'ib qilish, bu borada tadbirlarda ishtirok etish;
  • tinglovchilarning malakasini va kasb mahoratini oshirishda faol ishtirok etish maqsadida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash hamda xodimlarning malakasini oshirish o'quv kurslari bo'yicha tayyorlangan dasturlar asosida ma'ruzalar, amaliy mashg'ulotlarni olib borish;
  • masofaviy ta'lim doirasida tinglovchilarning chet tilini o'zlashtirganlik darajasini monitoring tizimini, chet tilini o'qitishning uzviyligi nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda masofaviy ta'lim samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va ularni faoliyatga yo'naltirish;
  • zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, masofaviy ta'limni, o'qitish va treninglarni interfaol hamda muammoli-vaziyatli uslublarini keng joriy etish;
  • idoralararo va xalqaro hamkorlikni amalga oshirish va muvofiqlashtirib borish;
  • kafedraning strategik rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
  • amalga oshirilgan ishlar to'g'risida Akademiya rahbariyatiga muntazam ravishda axborot berib borish;
  • Akademiya va boshqa muassasalar tomonidan tashkil etilgan davra suhbatlari, treninglar, seminarlar hamda konferentsiyalarda ishtirok etish;
  • tinglovchilarni ilmiy-tadqiqot olib borishga va ularni davra suhbatlari, seminarlar, konferensiyalarda ishtirok etishga jalb etish;
  • modullar bo'yicha darsliklar, o'quv qo'llanmalari, amaliy mashg'ulotlar va mashqlar to'plamlari, metodik tavsiyalar, monografiyalarni tayyorlash va chop etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;
  • qonunchilikni va prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • kasb mahorati, ilmiy saviyasini oshirish va bilimlarini chuqurlashtirish asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish.