Iqtisodiy jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni tashkil etish kafedrasi Akademiyaning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Kafedraning asosiy vazifalari prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va magistratura dasturlari bo'yicha iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish va davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, surishtiruv, tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishning dolzarb masalalarini qamrab oluvchi mavzular (yo'nalish) bo'yicha o'quv-uslubiy, o'quv-amaliy, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.
Kafedra tomonidan sohaga oid eng ilg'or tajribadan samarali foydalanish, nazariya va amaliyot uyg'unligini ta'minlash maqsadida xorijiy va milliy tuzilmalar, shu jumladan Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha Xalqaro tarmoq instituti, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat moliyaviy nazorat organlari hamda boshqa ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilinadi.
Kafedra faoliyatiga kafedra boshlig'i rahbarlik qiladi.
Kafedrada professor-o'qituvchilar, ish yurituvchi faoliyat ko'rsatadi.