Moddiy-texnik ta'minot bo'limi

Moddiy-texnik ta'minot bo'limi

Akademiyaning moddiy-texnik ta'minot bo'limi Akademiyaning mustaqil tarkibiy tarmog'i hisoblanadi.

Bo'lim o'z faoliyatini vakolatlari doirasida Bosh prokuraturaning tarkibiy tarmoqlari, Akademiyaning kafedralari, bo'limlari, markazlari, quyi prokuraturalar hamda boshqa idoralar bilan hamkorlikda tashkil etadi.

Bo'limning asosiy vazifalari:

Muassasada moddiy-texnika ta'minotini amalga oshirish, qurilish-ta'mirlash ishlarini tashkillashtirish;

Bosh prokuratura Akademiyasida biriktirilgan mol-mulklari saqlanishini nazorat qilish, ularni sarflanishi, hisobi yuritilishi va hisobdan chiqarilishining qonuniyligini ta'minlash;

Akademiyaning tovar-moddiy boyliklari, kanselyariya mollari va texnika vositalariga bo'lgan ehtiyojini talabnomalarga asosan o'rganib borish, ularni xarid qilinishi tashkillashtirish;

Bosh prokuratura Akademiyasida darajali unvonga ega xodimlarni belgilangan tartibda xizmat kiyimlari bilan ta'minlash choralarini ko'rish;

prokuratura organlari balansida bo'lgan binolar, texnika vositalari va boshqa tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiya qilishda qatnashish;

Bosh prokuratura balansida bo'lgan xizmat avtotransport vositalarining texnik ko'rikdan o'tkazilishini tashkillashtirish, ularning texnik holatini o'rganib borish, foydalanishga tayyorligini ta'minlash;

xizmat muddatini o'tagan, foydalanilishi maqsadga muvofiq bo'lmagan tovar-moddiy boyliklar, texnika va avtotransport vositalarini belgilangan tartibda hisobdan chiqarish va zarur hollarda ularni sotish bo'yicha hujjatlarni belgilangan tartibda moliya-iqtisod bo'limi bilan hamkorlikda rasmiylashtirish;

Akademiya binolarida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini tashkillashtirish, avariya hamda boshqa hodisalar yuz berishining oldini olish va bunday hodisalar oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko'rish;

fuqarolarni qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish;

qonunchilikni targ'ib qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, idoraviy va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.