Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qishga qabul qilish

Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘qishga qabul qilish

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARI

Qo‘shma ta’lim dasturining tavsifi: Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti 6-05-0421-01 “Pravovedeniya” va Akademiyaning “60420100 – Yurisprudensiya (prokurorskaya deyatelnost)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi.

O‘qish muddati: 4-yil (2+2).

Grodno davlat universitetida: 2-yil (1-4 semestr);

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida: 2-yil (5-8 semestr);

Ta’lim shakli: kunduzgi.

Qabul kvotasi: 30 ta;

to‘lov-kontrakt: 30 ta;

Ta’lim tili: rus tili.

Masofaviy ta’lim shakli: mavjud emas.

Kechki ta’lim shakli: mavjud emas.

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI

Qo‘shma ta’lim dasturlariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish:

topshiriladigan hujjatlarning turlari:

fuqarolik pasporti va ID karta nusxasi;

vakolatli sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan OIV infeksiyasi mavjud emasligi to‘g‘risidagi sertifikat;

3x4 o‘lchamdagi 6 dona fotosur’at;

o‘zbek tilida tuzilgan hujjatlarga bir vaqtning o‘zida notarial tasdiqlangan rus tilidagi tarjimasi qo‘shib topshiriladi.

zarurat tug‘ilganda, qo‘shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin;

hujjatlarni topshirish muddati: 3-avgustdan 3-sentyabrgacha.

Qo‘shma ta’lim dasturlariga o‘qishga qabul qilish uchun tanlovlar:

Birinchi bosqich:

kirish imtihoni og‘zaki suhbat shaklida Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti vakillari tomonidan o‘tkaziladi;

birinchi bosqichda imtihonlarda (suhbatda) maksimal ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan abituriyentlar ikkinchi bosqichda ishtirok etishga haqli;

suhbat Akademiya binosida o‘tkaziladi;

abituriyentlar imtihonga (suhbatga) fuqarlik pasporti yoki ID karta bilan kelishlari lozim.

belgilangan vaqtdan kech qolgan abituriyentlar suhbatda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Suhbatda ishtirok etmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi.

imtihon sanasi: 16-sentyabr, soat 11:00

Ikkinchi bosqich:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan rus tilidan kirish imtihoni (test sinovlari) o‘tkaziladi;

test savollari soni 30 tani tashkil etadi, har bir to‘g‘ri javob uchun 1.0 balldan beriladi, jami to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 30.0 ballni tashkil etadi.

rus tilidan maksimal ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan abituriyentlar qo‘shma ta’lim dasturiga qabul qilish uchun tanlovda ishtirok etadi va qabul parametrlariga asosan o‘qishga qabul qilinadi;

rus tili bo‘yicha V1 darajasidagi milliy sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichdagi imtihondan ozod etiladi va ularga maksimal ball beriladi;

test sinovlari Bilim va malkalarni bag‘olash agentligi binosida o‘tkaziladi;

abituriyentlar imtihonga fuqarolik pasporti yoki ID karta bilan kelishlari lozim;

belgilangan vaqtdan kech qolgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi. Test sinovlarida ishtirok etmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.

abituriyentlar imtihonga fuqarlik pasporti yoki ID karta bilan kelishlari lozim.

imtihon sanasi: 18-sentyabr, soat 09:00

Natijalarni e’lon qilinishi: 20-sentyabr

Darslarda ishtirok etishni boshlash: 3-oktyabr

Kontrakt to‘lovlari:

to‘lov-kontrakt miqdori: 2 900 AQSH dollari

to‘lov muddati: 31-oktyabr

Talabalar safiga qabul qilish: 3-noyabr