2025-2026 o‘quv yilida:
Bakalavriatning “Tergov faoliyati” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 232 nafar 3-kurs bitiruvchilari o‘qishni tamomlaydi.
Dastlabki tergov va surishtiruv organlarida uch yillik uzluksiz ishlab berish majburiyatini bajarish uchun xizmatga taqsimlanadilar.
Harbiylashtirilgan sohaga: 186 nafar;
(Ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati, bojxona, Milliy gvardiya, harbiy prokuratura organlariga)
Harbiylashtirilmagan sohaga: 46 nafar.
(prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi organlariga)
Bitiruvchi kurs talabalari diqqatiga!
Huquqni muhofaza qilish akademiyasini 2025/2026 o‘quv yilida bitiruvchi “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi “Jinoyat huquqi” hamda “Jinoyat-protsessual huquqi” modullari bo‘yicha o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, mazkur modullar bo‘yicha attestatsiya sinov dasturlari Akademiya Kengashining 2026-yil 31-martdagi tegishli bayoni bilan tasdiqlangan.