O‘qishga qabul qilish tartibi

O‘qishga qabul qilish tartibi

BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARIGA O‘QISHGA QABUL QILISH TARTIBI “TERGOV FAOLIYATI” TA’LIM YO‘NALISHIGA O‘QISHGA QABUL BO‘YICHA

Umumiy talablar:

umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar professional ta’lim ma’lumotiga ega bo‘lishi;

sog‘lig‘ining holati bo‘yicha xodim yoki harbiy xizmatchining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lishi;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi.

Tanlov bosqichlari

Birinchi bosqich:

harbiylashtirilgan tuzilmalar (Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bojxona qo‘mitasi, Harbiy prokuratura);

harbiylashtirilmagan tashkilotlar (prokuratura organlari, shu jumladan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi)dagi talablarni inobatga olgan holda alohida tartibda amalga oshiriladi.

Tanlovda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish:

Ro‘yxatdan o‘tish uchun platforma: hujjatlar Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasi uz.bmb.uz orqali onlayn topshirilgan holda ro‘yxatdan o‘tiladi.

Muddat: 1-fevral-1-mart

Hujjat topshiriladigan joy:

harbiylashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha — hududiy ichki ishlar organlariga;

harbiylashtirilmagan yo‘nalish bo‘yicha — hududiy prokuratura organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Dastlabki tanlov muddati: 1-mart-20-may

Topshiriladigan hujjatlar:

Tanlovda qatnashish uchun topshiriladigan hujjatlar:

shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) nusxasi;

tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa ma’lumotlar o‘zgartirilgan bo‘lsa, bu haqda FHDYO organining ma’lumotnomasi;

yaqin qarindoshlari pasporti, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, qarindoshlarining o‘limi haqidagi guvohnomalar nusxalari;

nomzod tomonidan qo‘lda va kompyuterda yozilgan tarjimayi hol;

anketa (ma’lumotnoma);

harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi (agar mavjud bo‘lsa) nusxasi;

3x4 santimetr o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9x12 santimetr o‘lchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);

nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (pasport yoki ID-karta), tug‘ilganlik haqida guvohnomalar, harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi.

Maxsus parametrlar:

harbiylashtirilgan tuzilmalarga:

yoshi o‘n yettidan kichik va yigirma beshdan katta bo‘lmasligi (muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan yoshi yigirma oltidan katta bo‘lmagan);

bo‘yi balandligi erkaklar uchun — 165 santimetrdan, ayollar uchun — 160 santimetrdan past bo‘lmasligi;

harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigi natijasiga ko‘ra sog‘lig‘ining holati bo‘yicha xizmatga yaroqli deb topilganligi.

harbiylashtirilmagan tuzilmalarga qabul qilinadigan nomzodlarga yuqoridagi maxsus talablar tatbiq etilmaydi.

Ikkinchi bosqich:

Tanlov turlari:

Maxsus psixologik tanlov;

Yoma imtihon.

Tanlov o‘tkazilish muddati: iyun

Tanlovda qatnashish uchun to‘lov miqdori: maxsus psixologik tanlov va yozma imtihonda ishtirok etish uchun barcha talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Maxsus psixologik tanlov:

test topshiriqlarini bajarish uchun 50 ta test savoliga 40 daqiqa (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball beriladi;

maxsus psixologik tanlov natijalari 0 balldan 100 ballgacha baholanadi.

maksimal ball 100 ballni tashkil etadi;

Maxsus psixologik tanlov natijalari apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilmaydi.

Yozma imtihon:

Yozma imtihon Agentlik tomonidan diktant shaklida o‘tkaziladi.

Diktant matni 160 — 170 ta so‘zdan iborat bo‘ladi.

Yozma imtihon quyidagi mezon asosida baholanadi:

maksimal ball 100 ballni tashkil etadi;

orfografik (imloviy) yoki punktuatsion (tinish belgi) xatolikka yo‘l qo‘yilmagan diktant 100 ball bilan baholanadi;

har bir orfografik yoki punktuatsion xatolik uchun 4 balldan ayirib tashlanadi.

Apellyatsiya arizalari imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Uchinchi bosqich:

Muddat: iyul-avgust

Nomzodlarga Akademiyaning «tergov faoliyati» yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va baholash mezonlari mos bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Tanlovda qatnashish uchun to‘lov miqdori: test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlar majmuasi:

Asosiy fanlar: Huquqshunoslik fanlari, Chet tili.

har biriga 30 tadan – jami 60 ta test topshirig‘i uchun 120 daqiqa vaqt beriladi;

Huquqshunoslik faniga 3,1 balldan maksimal 93 ball;

Chet tili faniga  2,1 balldan maksimal 63 ball.

Majburiy fanlar: ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi.

ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarining har biriga 10 tadan – jami 30 ta test topshirig‘iga 60 daqiqa belgilangan;

ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha har bir savol uchun 1,1 balldan maksimal 33 ball.

Jami 5 ta fan uchun maksimal 189 ball beriladi.

Nomzodlarni qabul qilishda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Nomzodlarni o‘qishga qabul qilish o‘tkazilgan maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon va test sinovlari natijalari yig‘indisi (maksimal 389.0 ball) asosida Akademiya tomonidan amalga oshiriladi.

“YURISPRUDENSIYA (PROKURORLIK FAOLIYATI)” TA’LIM YO‘NALISHIGA O‘QISHGA QABUL BO‘YICHA

Kunduzgi ta’lim shakli

Umumiy talablar: umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar professional ta’lim ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun platforma: o‘qishga kirish uchun “yurisprudensiya va chet tili” yo‘nalishini tanlab Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasi uz.bmb.uz maxsus elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 5-25-iyun

Ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov miqdori: test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlar majmuasi:

Asosiy fanlar: Huquqshunoslik fanlari, Chet tili.

har biriga 30 tadan – jami 60 ta test topshirig‘i uchun 120 daqiqa vaqt beriladi;

Huquqshunoslik faniga 3,1 balldan maksimal 93 ball;

Chet tili faniga  2,1 balldan maksimal 63 ball.

Majburiy fanlar: ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi.

ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarining har biriga 10 tadan – jami 30 ta test topshirig‘iga 60 daqiqa belgilangan;

ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha har bir savol uchun 1,1 balldan maksimal 33 ball.

Jami 5 ta fan uchun maksimal 189 ball beriladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan joy: Abituriyent tomonidan tanlangan test sinovlarini topshirish hududidagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilanadigan joyda o‘tkaziladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan muddat: 14-23-iyul

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati: 25-iyul-7-avgust

Natijalarni e’lon qilish muddati: 15-avgust

Nomzodlarni qabul qilishda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Masofaviy ta’lim shakli

Umumiy talablar: umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar professional ta’lim ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun platforma: o‘qishga kirish uchun “yurisprudensiya va chet tili” yo‘nalishini tanlab Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasi uz.bmb.uz maxsus elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 5-25-iyun

Tanlovda qatnashish uchun to‘lov miqdori: test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlar majmuasi:

Asosiy fanlar: Huquqshunoslik fanlari, Chet tili.

har biriga 30 tadan – jami 60 ta test topshirig‘i uchun 120 daqiqa vaqt beriladi;

Huquqshunoslik faniga 3,1 balldan maksimal 93 ball;

Chet tili faniga  2,1 balldan maksimal 63 ball.

Majburiy fanlar: ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi.

ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarining har biriga 10 tadan – jami 30 ta test topshirig‘iga 60 daqiqa belgilangan;

ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha har bir savol uchun 1,1 balldan maksimal 33 ball.

Jami 5 ta fan uchun maksimal 189 ball beriladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan joy: Abituriyent tomonidan tanlangan test sinovlarini topshirish hududidagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilanadigan joyda o‘tkaziladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan muddat: 14-23-iyul

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati: 25-iyul-7-avgust

Natijalarni e’lon qilish muddati: 15-avgust

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim

Umumiy talablar: bazaviy oliy ma’lumotga (bakalavriat yoki besh yillik) ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun platforma: Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasi my.edu.uz maxsus elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 10-iyul – 10-avgust

Tanlovda qatnashish uchun to‘lov miqdori: test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlar majmuasi:

Asosiy fanlar: Huquqshunoslik.

30 ta test topshirig‘i uchun 60 daqiqa vaqt beriladi;

har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan maksimal 93 ball berilib, jami maksimal 93 ball beriladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan joy: Abituriyent tomonidan tanlangan test sinovlarini topshirish hududidagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilanadigan joyda o‘tkaziladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan muddat: 22-avgust

Natijalarni e’lon qilish muddati: 30-avgust

“KIBERHUQUQ” TA’LIM YO‘NALISHIGA O‘QISHGA QABUL BO‘YICHA