Yangiliklar
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Mahallalar xavfsizligiga ilmiy yondashuv

3

Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga biriktirilgan Angren va Olmaliq shaharlaridagi sakkiz mahallaning yettitasi «qizil» toifadan chiqdi: uchtasi «yashil», to‘rttasi «sariq» toifaga o‘tdi. Bu natija Akademiya va Toshkent viloyati huquqni muhofaza qilish organlarining hamkorlikdagi ilmiy-amaliy ishlari hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yakunida qayd etildi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Akademiya va UNICRI hamkorligining kelgusi yo‘nalishlari

3

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida BMTning Jinoyatchilik va odil sudlov masalalari bo‘yicha mintaqalararo ilmiy-tadqiqot instituti (UNICRI) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «CONTACT – Markaziy Osiyo» loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.

To'liq o'qish
Xalqaro hamkorlik

Akademiya va INL hamkorligida kadrlar salohiyatini oshirish

4

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida AQSh Davlat departamentining Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL)ning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan vakili J. Uidon bilan tanishuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

To'liq o'qish
Tadbir

Ko‘p tilli ta’lim muhiti: xalqaro tajriba va pedagogik mahorat

10

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va xorijiy tillarda kasbiy muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonda xalqaro ta’lim tajribasini o‘rganish, zamonaviy o‘qitish metodlarini o‘zlashtirish va ko‘p tilli ta’lim muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

To'liq o'qish
Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Angrenda xavfsiz muhitni ta’minlashga ilmiy yondashuv

4

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari A. Odinaev hamda professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh 6-oktabr kuni Toshkent viloyati Angren shahridagi «Bo‘ston» mahallasida kriminogen vaziyatni o‘rgandi. Asosiy e’tibor hududga xos xavf omillari, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarga qaratildi.

To'liq o'qish
BRM

Yashil tashabbuslarni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik!

14

Bugungi kunda butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistonda ham atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va kelajak avlod uchun sog‘lom muhitni asrab qolishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

To'liq o'qish
Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Akademiya Angren mahallalarida manzilli profilaktikani ilmiy asosda qo‘llab-quvvatlamoqda

9

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining ishchi guruhi Toshkent viloyati Angren shahrining «Ozodlik» mahallasida kriminogen vaziyatni o‘rgandi. Huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqish sabablari hamda ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar tahlil qilinib, mahallada manzilli profilaktikani tashkil etish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar berildi.

To'liq o'qish
E'lon

Bahodirov O‘tkirxon Baxriddinovichning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

115

Bahodirov O‘tkirxon Baxriddinovichning “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarini tergov qilishni zamonaviy tendensiyalar asosida takomillashtirish” mavzusida tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi…

To'liq o'qish