Odam savdosiga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash

Odam savdosiga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash

 

Joriiy yil 25-26 noyabr kunlari Buxoro shahrida odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha milliy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Odam savdosiga qarshi kurashish sohasida Markaziy Osiyoning huquqni muhofaza qiluvchi organlari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash konferensiyaning asosiy maqsadi etib belgilandi.
Mazkur konferensiya «ISTIQBOLLI AVLOD» nodavlat tashkiloti, xalqaro tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Konferensiyada O‘zbekiton Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasining boshlig‘i Ye.Kolenko odam savdosi va majburiy mehnat sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada mazkur sohadagi muammolarni tadqiq qilish maqsadida Akademiya bilan hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha takliflar o‘z aksini topdi.
Shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘iziston huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda xalqaro va nodavlat tashkilotlarning vakillari o‘zlarining odam savdosiga qarshi kurashishdagi tajribalari yuzasidan ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.