Bosh prokuratura Akademiyasi vakili jinoiy aktivlarni qaytarish bo‘yicha noformal idoralararo tarmoqlar (ARIN) hamda FATF (FATF – Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishning moliyaviy choralarini ishlab chiquvchi guruh) va u kabi mintaqaviy guruhlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasidagi o‘tkazilgan onlayn tadbirda ishtirok etdi.
Ushbu tadbir FATF tomonidan aktivlarni qaytarish borasida global sa’y harakatlarini yaxshilash bo‘yicha strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida o‘tkazildi.
Akademiya loyiha jamoasida G‘arbiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari aktivlarni qaytarish bo‘yicha idoralararo tarmoqning doimiy Kotibiyati sifatida ishtirok etib kelmoqda.
FATF, Interpol, Yevropol, BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi va boshqa tashkilotlar, shuningdek aktivlarni qaytarish bo‘yicha norasmiy tarmoqlar vakillaridan iborat ekspertlar aktivlarni qaytarishning turli jihatlari va bu borada norasmiy xalqaro xamkorlikdan foydalanish bo‘yicha tadqiqot natijalari yuzasidan fikr almashdilar.
Muhokama so‘ngida norasmiy tarmoqlar va ularning FATF bilan hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
avsiyalar FATFning 2022 yil oktabrda bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisida ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.