Jinoiy aktivlarni qaytarishning samarali mexanizmlari bo‘yicha xalqaro trening

Jinoiy aktivlarni qaytarishning samarali mexanizmlari bo‘yicha xalqaro trening

Bosh prokuratura Akademiyasi G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish bo‘yicha idoralararo tarmog‘i (ARIN-WCA) Kotibiyati vazifasini amalga oshirishi doirasida BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan hamkorlikda mazkur tarmoq a’zo davlatlar vakillari uchun “Moliyaviy markazlar talablari asosida o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovlarni tayyorlash: Shveysariya tajribasi” mavzusida xalqaro o‘quv treningi tashkillashtirdi.

Ikki kunlik tadbir aralash shaklda o‘tkazilib, unda 10 ta davlatdan 50 ga yaqin vakil ishtirok etishdi. Xususan, treningda ishtirok etish uchun Gruziya, Ozarbayjon, Pokiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Eron davlatlarining prokuratura, moliyaviy razvedka, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda tergov organlarining mas’ul xodimlari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

Shveysariyalik xalqaro ekspert J.Shmid hamda BMT GJB korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha maslahatchisi V.Kozin chet eldan jinoiy aktivlarni qaytarishning mexanizmlari va huquqiy asoslari yuzasidan o‘z taqdimotlarini amalga oshirishib, trening ishtirokchilari bilan mazkur sohada o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovlarni tayyorlash bo‘yicha o‘z bilim va tajribasi bilan almashishdi.

Trening davomida guruhlarda amaliy mashg‘ulotlarni bajarish amaliyotining qo‘llanilganligi ishtirokchilarga jinoiy aktivlarni qaytarish sohasida o‘zlarining tajribasi va ko‘nikmalari bilan almashish imkoniyatini yaratdi hamda mazkur kursning natijadorligini oshirishga xizmat qildi.