Xalqaro loyihani amalga oshirish doirasidagi tadbirlar

Xalqaro loyihani amalga oshirish doirasidagi tadbirlar

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Shvetsiyaning Lund universiteti Huquq sotsiologiyasi depatramenti bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda ma’muriy huquq islohoti va huquqiy integratsiya” mavzusida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda ma’muriy huquq sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni, ma’muriy huquqning fuqarolar va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarga bo‘lgan ta’sirini hamda fuqarolar huquqiy ongi va huquqiy madaniyatining odil sudlovni amalga oshirishdagi rolini tadqiq etishdan iboratdir.

Tadqiqot loyihasini amalga oshirish maqsadida, Lund universiteti dotsenti R.Urinboyev va Manchester universiteti professori K.Tornxil Akademiyaga tashrif buyurdi.

Xorijiy ekspertlar tomonidan Akademiya professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari uchun bir qator tadbirlar, xususan, o‘quv treninglari, davra suhbatlari, shuningdek ma’muriy va konstitutsiyaviy huquq sohasidagi mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Shuningdek, mamlakatimizda ma’muriy-huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, tadqiqot guruhi O‘zbekiston Republikasi Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar oliy maktabi, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi va Toshkent shahar ma’muriy sudi hamda Yakkasaroy tumani davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdi.