2022 yil 1 noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasining Ilmiy-ta`lim markazi direktori Axmedov Mubariz Guseyn ogli boshchiligidagi Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda tomonlarning ilmiy-ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi hamda Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasining Ilmiy-ta`lim markazi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Shuningdek, tomonlar ishtirokida “Jinoyat sudlovi sohasida transchegaraviy samarali hamkorlik salohiyatini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi, unda boshqa masalalar qatori prokuror-tergov xodimlarining kasbiy tayyorgarlik va malaka oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Delegatsiya a’zolari prokuratura muzeyiga, shuningdek, Bosh prokuratura Akademiyasiga tashrif buyurib, fan, ta’lim va amaliyotning uzviy aloqa va o‘zaro almashinuviga asoslangan innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Akademiya tajribasi bilan tanishdi.
Tomonlar uchrashuvi konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tib, tomonlar prokuror-tergov xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab oldilar.