Rahbar kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi doirasida masofaviy o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda

Rahbar kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kursi doirasida masofaviy o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda

Ayni damda Akademiyada prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zahirada turgan kadrlarni qayta tayyorlash kursiga qabul qilish tanlovining birinchi bosqichi doirasida tinglovchilar masofaviy ta’lim olmoqdalar.

Qayta tayyorlash o‘quv kursining kontenti tinglovchilarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda bilim va ko‘nikmalarni, jumladan, tizimli tahlil va tanqidiy fikrlashni, qonun ustuvorligini ta’minlashda  yuksak adolat tuyg‘usini va mas’uliyatni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan.

Ushbu haftadagi o‘quv mashg‘ulotlari sudlarda prokuror vakolatlarini ta’minlashning dolzarb masalalarini o‘z ichiga oladi. Mazkur o‘quv moduli doirasida sud-huquq islohotlarini amalga oshirish, qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va yangiliklar, jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlashga oid faoliyatni tashkillashtirish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralarini muhokama qilishning dolzarb masalalari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari nazarda tutilgan.