Dissertatsiya himoyasi boʼlib oʼtdi

Dissertatsiya himoyasi boʼlib oʼtdi

Bosh prokuratura Аkademiyasi huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi yigʼilishida Аkademiya mustaqil izlanuvchisi O.S.Sultonovnnig “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkil etish. Аdvokatura” ixtisosligi boʼyicha “Dastlabki tergov organlarining profilaktik faoliyatini takomillashtirish”  mavzusida yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining himoyasi boʼlib oʼtdi.

Mazkur tadqiqot doirasida dastlabki tergov organlari profilaktik faoliyatining mohiyati va ijtimoiy zaruriyati, profilaktik faoliyatni amalga oshirilishi boʼyicha xalqaro standartlar, dastlabki tergov organlarining profilaktik faoliyatini amalga oshirish shakllari va uslublari, protsessual va kriminalistik jihatlari oʼrganilgan.

Dissertatsiyada xorijiy davlatlarning ilgʼor tajribasi asosida dastlabki tergov organlari hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish boʼyicha takliflar ilgari surilgan.

Dissertatsiya himoyasi natijasiga koʼra, Kengash aʼzolari tomonidan tadqiqotchi yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi.

Аkademiya jamoasi Oybek Sultonovni dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!