Dissertatsiya himoyasi boʼlib oʼtdi

Dissertatsiya himoyasi boʼlib oʼtdi

Bosh prokuratura Аkademiyasi huzuridagi Ilmiy kengash yigʼilishida Аkademiya doktoranti D.Sh.Ibragimovning “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkil etish. Аdvokatura” ixtisosligi boʼyicha “Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkillashtirish va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish”  mavzusida yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining himoyasi boʼlib oʼtdi.

Mazkur tadqiqot doirasida voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish, prokuror nazoratini raqamlashtirish, shuningdek sohada qonuniylikni taʼminlash borasida prokuratura organlari hamda vakolatli davlat idoralari oʼrtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari oʼrganilgan.

Dissertatsiyada xorijiy davlatlarning ilgʼor tajribasi asosida Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi, “Bola huquqlari toʼgʼrisida”gi, “Prokuratura toʼgʼrisida”gi Qonunlari va boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga takliflar ilgari surilgan.

Dissertatsiya himoyasi natijasiga koʼra, Kengash aʼzolari tomonidan tadqiqotchi yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi.

Аkademiya jamoasi Diyorbek Ibragimovni dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!