Prezidentimizning 2023 yil 7 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturi asosida Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida “Inson huquqlari haftaligi” doirasida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida oʼquv kursi oʼtkazildi.
Kursni oʼzkazish jarayoniga Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi va Malaka oshirish instituti vakillari, shuningdek, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar organlari xodimlari jalb qilindi.
Mazkur kurs doirasida Fargʼona viloyatidagi tinglovchilar uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshligʼining oʼrinbosari, yu.f.d., professor M.M.Mamasiddiqov tomonidan “Qiynoqqa solish bilan bogʼliq qilmishlar sodir etilishini oldini olishga oid qonunchilikning rivojlanishi” mavzusida oʼquv mashgʼuloti oʼtkazildi.
Tinglovchilar qiynoqqa solish bilan bogʼliq qilmishlar sodir etilishini oldini olishga oid qonunchilikdagi yangiliklar haqida toʼliq maʼlumot olish imkoniga ega boʼldilar.