2023 yil 16 mart kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talaba-qizlar bilan “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ayollarni o‘rni” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi tizimlarida xizmat qilib kelayotgan tajribali harbiy xizmatchi va xodima ayol ofitserlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbir talaba-qizlarning kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish, kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlash hamda xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, o‘z kasbiga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish maqsadida tashkillashtirildi.
Tadbir davomida mehmonlar Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tizimlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmat faoliyatini belgilab beruvchi normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushintirish bilan bir qatorda, o‘zlarining xizmat faoliyatlari davomidagi taassurotlari hamda bosib o‘tgan hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Bu kabi uchrashuvlar talabalarning o‘z kasbi bilan faxrlanish, ularda mas’uliyat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi hamda kelgusida mas’uliyatli va sharafli kasb sohibalari bo‘lishlarida muhim o‘rin tutadi.