Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion metod va texnologiyalarni joriy etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Akademiya tomonidan Nemis xalq universitetlari assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi filiali (DVV International) bilan hamkorlikda “Kattalar ta’limida interaktiv metodlar” mavzusida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Treningni DVV International loyihalar koordinatori H.Hakimjonova va Pedagogik innovatsiyalar instituti dotsuyenti D.Raxmatullayevalar o‘tkazib, ular tomonidan katta yoshdagilar ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari, interaktiv metodlarni ta’lim jarayonida qo‘llash, interfaol metodlarni tanlash mezonlari, o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar va ularni bartaraf etishning zamonaviy usullari hamda boshqa shu kabi innovatsion ta’lim texnologiyalari to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
Treningda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berilib, ushbu yo‘nalishdagi muammolarning aniq yechimlari ko‘rsatib berildi.
Kelgusida bunday tadbirlarni muntazam tashkil etishga kelishib olindi.