O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturiga asosan “Qiynog‘ga solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusidagi o‘quv kursi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilmoqda. Unda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu o‘quv kursi Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari, yu.f.d., prof. M.Mamasiddiqov “Qiynog‘ga solish bilan bog‘liq qilmishlar sodir etilishini oldini olishga oid qonunchilikning rivojlanishi” mavzusida ma’ruza qildi.
Qiynoqlar – insoniyatga qarshi jinoyatdir. Bu borada qabul qilingan barcha hujjatlarda qiynoqlar qat’iyan taqiqlanadi hamda qiynog‘ga solish holatini oqlashga hech qachon va hech qanday asosda yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.