Huquqni muhofaza qilish Akademiyasida tuman (shahar) prokuraturalari tergovchilari hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman (shahar) bo‘limlarining tezkor xodimlari uchun “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha moliyaviy tergov o‘tkazish” mavzusida malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tmoqda.
Malaka oshirish kursi aralash ta’lim shaklida tashkil etilgan va ishdan ajralmagan holda masofaviy ta’lim hamda Akademiyada kunduzgi ta’lim shaklida o‘qitishni nazarda tutgan.
O‘quv kursi dasturidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning halqaro va milliy tizimini, ushbu jinoyatlarga qarshi kurashishni tashkil etish, noqonuniy daromadlarni aniqlash bo‘yicha moliyaviy tergov olib borish, xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasi, moliyaviy hujjatlarni tahlil qilish, jinoiy daromadlarni legallashtirishning usul hamda mexanizmlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida idoraviy hamkorlikni o‘rnatish, noqonuniy daromadlarni aniqlash hamda musodara qilinishini ta’milash, moliyaviy tergov o‘tkazishda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘rin olgan.
O‘quv mashg‘ulotlariga xalqaro ekspert Richard Djoys va Akademiya professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda Departamentning tajribali mutaxassislari jalb qilingan.