Dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida Akademiya mustaqil izlanuvchisi M.Z.Radjapovaning “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha “Jinoyat ishlarining yuqori sud instansiyalarida ko‘rilishida prokuror funksiyalari va vakolatlarini takomillashtirish: qiyosiy-huquqiy tahlil” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadqiqot doirasida jinoyat ishlari bo‘yicha yuqori sudlarda prokuror ishtirokining samaradorligi, uning huquqiy maqomi, prokurorning protsessual faoliyati bilan bog‘liq xalqaro standartlar va xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlillar asosida qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganilib, milliy qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ilgari surilgan.

Dissertatsiya himoyasi natijasiga ko‘ra, Kengash a’zolari tomonidan tadqiqotchi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi.

Akademiya jamoasi Muhtaram Radjapovani dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!