O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2023/2024 o‘quv yili uchun “Prokurorlik faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish” hamda “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisliklari uchun ta’limning kunduzgi, shuningdek “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi uchun ta’limning sirtqi shakli uchun magistraturaga qabul boshlangani ma’lum qilinadi.

Magistraturaga tanlov “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar (sh.j. prokuratura organlari xodimlari) orasida o‘tkaziladi.

Shuningdek, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga va bevosita prokuratura organlarida kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlari tanlovda ishtirok etishi mumkin.

O‘qish ta’limning kunduzgi shaklida bir yil, sirtqi shaklida esa bir yarim yildan ikki yilgacha davom etadi.

Akademiya magistraturasining “Prokurorlik faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish” hamda “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida 2023/2024 o‘quv yiliga jami 45 ta, jumladan, har bir mutaxassislik bo‘yicha 15 tadan qabul kvotalari tasdiqlangan:

- tashqi nomzodlar uchun 10 ta (1 ta davlat granti va 9 ta to‘lov-kontrakt);

- ichki nomzodlar uchun 5 ta (davlat granti).

Ta’limning sirtqi shakli bo‘yicha tashkil etiladigan “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi uchun jami 25 ta qabul kvotalari joriy qilindi:

- tashqi nomzodlar uchun 10 ta (to‘lov-kontrakt);

- ichki nomzodlar uchun 15 ta (5 ta davlat granti va 10 ta to‘lov-kontrakt).

Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan prokuratura organlari xodimlarining egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.

Ochiq tanlov bo‘yicha davlat granti asosida qabul qilingan tinglovchilarga qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorda har oylik stipendiya to‘lanadi.

Magistraturaning ushbu mutaxassisliklari bo‘yicha tanlov joriy yilning avgust oyida o‘tkaziladi.

Nomzodlarning hujjatlari 10 iyundan – 31 iyulga qadar Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “mydtm.uz” elektron platformasi (https://my.uzbmb.uz/) orqali qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: http://lex.uz/uz/docs/6425532

Akademiya magistraturasiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: 

www.facebook.com/ProsecutorAcademy

www.instagram.com/proacademyuz/,

http://www.twitter.com/ProAcademyUz,

https://t.me/ProsecutorAcademy hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.

Shuningdek, Akademiya magistraturasiga qabul bilan bog‘liq ma’lumotlarni 71-202-04-96 (ichki: 1795 va 1775) telefon raqami orqali ham bilib olishingiz mumkin.