Xorijiy ekspert ishtirokida Akademiyaning ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar-trening

Xorijiy ekspert ishtirokida Akademiyaning ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar-trening

Akademiyada Boston Huquq maktabi (AQSH) professori Joan Blyum ishtirokida “Xalqaro tan olingan yuqori impakt faktorli jurnallarda chop etish uchun ilmiy maqola tayyorlash” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Ikki kun davom etgan tadbirda ilmiy maqola tayyorlash bosqichlari, maqolaning qoralama loyihasini yozish, uni tahrirlash, maqola mavzusidan kelib chiqib chop etish mumkin bo‘lgan yuqori impakt faktorli jurnallar ro‘yxatini shakllantirish va jurnal tahririyatiga maqolani taqdim etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, seminarda ishtirokchilar maqola tayyorlashda tadqiqot savolini ishlab chiqish, mavzuga oid adabiyotlar tahlilini amalga oshirish, bunda Google Scholar, JSTOR, HeinOnline va boshqa elektron axborot resurslariga murojaat qilish, maqolada foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini jamlash, tartibga solish va iqtibos keltirishda Zotero – dasturidan foydalanish imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

Qizg‘in savol-javob tarzida o‘tgan seminar-trening ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi. Tadbir yakunida Akademiyaning ilmiy va akademik salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shgani uchun Joan Blyumga minnatdorchilik bildirib o‘tildi.