O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Prokurorlik faoliyati”, “Tergov faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurash”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisliklari magistrantlari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazildi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi magistratura ta’lim dasturining majburiy qismi hisoblanib, bunda tinglovchilar tomonidan tayyorlangan magistrlik dissertatsiyalari himoyasi nazarda tutiladi.
Joriy yilning 24-27 iyul kunlari o‘tkazilgan Yakuniy davlat attestatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari¸ yu.f.d. professor U.Tuxtasheva raislik etdi, shuningdek komissiyaga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori o‘rinbosari, Bosh prokuraturaning tajribali amaliyotchi xodimlari, Akademiya va boshqa hamkor oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarijalb etildi.
Tinglovchilar o‘quv yili davomida o‘zlashtirgan bilimlari hamda amaliyot jarayonida huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammoli vaziyatlar asosida tayyorlagan magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonida soha mutaxassislari tomonidan berilgan savollarga chuqur tahlillarga asoslangan javob berdilar.