O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida Akademiya mustaqil izlanuvchisi M.Abduxakimovning 12.00.07 – “Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo‘yicha “Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan prokuror nazoratini takomillashtirish masalalari” mavzusida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadqiqot doirasida yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil etishni huquqiy tartibga solish bo‘yicha nazariy qoidalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Dissertatsiya himoyasi natijasiga ko‘ra, Kengash a’zolari tomonidan tadqiqotchi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi.
Akademiya jamoasi Murodullo Abduxakimovni dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!