Tergov tarmoqlari xodimlari uchun o‘quv dala mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Tergov tarmoqlari xodimlari uchun o‘quv dala mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Joriy yilning 14 sentyabr kuni IIV o‘quv-dala markazida Bosh prokuratura, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, IIV Akademiyasi tomonidan AQSH Federal tergov byurosi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Portlashdan keyingi tergov harakatlari” mavzusidagi o‘quv-amaliy kursi doirasida portlashdan keyingi ko‘zdan kechirish va dalillarga baho berishga oid o‘quv dala mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Ushbu dala mashg‘ulotlarida prokuratura organlari, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati tergov tarmoqlari xodimlari, shuningdek Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi xodimlari va magistraturaning “Tergov faoliyati” yo‘nalishi tinglovchilari ishtirok etishdi.

AQSH Federal tergov byurosi ekspertlari tomonidan 2 ta avtoulov ishtirokida portlash jarayoni tashkil etilib, tinglovchilar portlash jarayoni, undan keyingi dalillarni topish, ularni to‘plash, tekshirish hamda baholash tartibi bilan tanishishdi hamda ushbu jinoyatlar bo‘yicha tergov taktikasi va uslublarini qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi.

Tergov sohasida xodimlar kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda bu jarayonga yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilish ishlari Akademiya tomonidan tizimli davom ettirib boriladi.