“Mintaqaviy muloqot” XNNT bilan hamkorlikdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish buyicha murabbiylik va o‘qitish” loyihasi doirasida Bosh prokuratura, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi hamda Iktisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departementi xodimlarining AQSHga o‘quv-tanishuv safari tashkil etildi.
Mazkur xizmat safari doirasida delegatsiya vakillarining AQSH Davlat departamentining Terrorizmga qarshi kurashish byurosi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish buyicha kelgusidagi rejalar va hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining malakasini oshirish jarayoniga xorijiy ekspertlarni uzoq muddatga jalb qilish, terrorizmni moliyalashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar doirasini kengaytirish va boshqa masalalarda o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.