Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha navbatdagi seminar o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha navbatdagi seminar o‘tkazildi

Akademiya tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankida “Tijorat banklarida korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad banklar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ijobiy tajriba almashish bo‘lib, tadbirda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, davlat ulushiga ega banklarning mas’ul xodimlari, shuningdek Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Hisob palatasi vakillari ishtirok etdi.

Seminarda Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i v.v.b. X.Tursunbekov qatnashib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun milliy qonunchilikda hamda xalqaro tajribada belgilangan javobgarliklar, mamlakatimizda javobgarlik muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida ishtirokichlar bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tajribalari bilan ma’lumot almashib, ekspertlarning bu boradagi fikrlari bilan tanishib olishdi.