Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida seminar tashkil etildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-son Farmoniga binoan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga birinchi marta ishga qabul qilinadigan xodimlar Huquqni muhofaza qilish akademiyasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning nazariy va amaliy masalalari, xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni o‘rganishni qamrab oluvchi maxsus o‘quv dasturlari bo‘yicha ta’lim olishi belgilangan.

Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Akademiya tomonidan “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha milliy va xalqaro standartlar hamda xorijiy tajriba” mavzusidagi maxsus kurs ishlab chiqildi.

Mazkur masofaviy shaklda o‘tkaziladigan maxsus kursni boshlashdan avval Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida seminar tashkil etilib, yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun kursning ahamiyati, uni muvaffaviyatli va samarali o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar hamda Akademiyaning onlayn o‘quv portali haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbir Agentlikning kadrlar bilan ishlash tarmog‘i rahbari Z.Boysinov, Akademiyaning bo‘lim boshlig‘i A.Ibraymov va Markaz boshlig‘i X.Tursunbekov tomonidan olib borildi.

Seminar davomida Agentlik xodimlari tashkil etiladigan maxsus kurs hamda Akademiya tomonidan respublikada davlat xizmatchilari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzularida o‘tkazilayotgan malaka oshirish kurslari bo‘yicha bergan savollariga batafsil javob olishdi.