Sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilishida va sud qarorlarining ijrosida qonuniylikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan malaka oshirish kursi

Sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilishida va sud qarorlarining ijrosida qonuniylikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan malaka oshirish kursi

Akademiyada tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning  yordamchilari uchun “Sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilishida va sud qarorlarining ijrosida qonuniylikni ta’minlash masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi o‘tkazildi.

Mazkur malaka oshirish kursi aralash ta’lim shaklida tashkil etilgan bo‘lib, masofaviy ta’lim va auditoriya mashg‘ulotlari tarzida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda tashkil etildi.

O‘quv dasturi Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan prokurorlik amaliyotidagi dolzarb masalalardan kelib chiqqan holda mavzu doirasidagi taqdimot materiallari, amaliy misollar, test va kazuslar hamda multimedia o‘quv materiallari asosida shakllantirilgan.

O‘quv mashg‘ulotlari o‘quv kursi dasturi doirasida prokuratura faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari hamda sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilishida prokuror vakolatini ta’minlash va sud qarorlarini ijrosida qonuniylikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari sharoitida amaldagi qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar, sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishining zarurati,  sud qarorlarining ijrosi bilan bog‘liq amaliyotda mavjud bo‘lgan muammolar va ularning yechimiga oid masalalar yoritildi.

Tinglovchilarning malaka oshirish kursi davomida o‘zlashtirgan bilimlari ular tomonidan mustaqil ravishda bajarilgan laboratoriya ishlarining muhokamasi jarayonida sinovdan o‘tkazildi.

Imtihon yakunlari bo‘yicha tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.