Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi o‘tkazildi

Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishda ishtirok etayotgan davlat organlari va tashkilotlar mutaxassislari uchun “Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning xalqaro standartlari: amaliyot va hisobot” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi o‘tkazildi.

Tadbir Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari M.Mamasiddiqov tomonidan kirish so‘zi bilan ochib berilib, tashkil etilgan kursning ahamiyati va dolzarbligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Kafedra boshlig‘i X.Karimov ishtirokchilarni Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki kadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi, kafedra boshlig‘i A.Xikmatov “Qiynoqlarning oldini olishga oid milliy preventiv mexinazimlar: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzusida ma’ruza qildi hamda markaz boshlig‘i L.Isoqov ishtirokchilarni migrantlar huquqlarini ta’minlashda xalqaro tajriba va milliy amaliyot  bilan tanishtirdi.    

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.