Huquqni muhofaza qilish organlari uchun “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish” kursining ikkinchi bosqichi boshlandi

Huquqni muhofaza qilish organlari uchun “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish” kursining ikkinchi bosqichi boshlandi

“Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” xalqaro kampaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy ta’lim dasturini amalga oshirish doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Yevropa Kengashining yuridik kasb uchun  HELP (Yuridik kasb uchun inson huquqlari bo‘yicha ta’lim) dasturi ko‘magida huquqni muhofaza qilish organlari uchun “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish” kursi ikkinchi bosqichining ochilishi tashkil etildi.

Prokuratura organlarida faoliyat yurituvchi 40 nafar tergovchi kursning tinglovchilari hisoblanadilar. Yevropa Kengashining milliy va xalqaro ekspertlari ishtirokida ishlab chiqilgan mazkur kurs onlayn va oflayn formatda tashkil etilgan bo‘lib, bu kelajakda huquqni muhofaza qilish organlari manfaatdor xodimlarini yanada kengroq qamrab olish imkonini beradi.

Kurs dasturi ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish borasidagi asosiy xalqaro standartlar, oilaviy zo‘ravonlik va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha xalqaro huquqni qo‘llash amaliyoti va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudining amaliyotini ko‘rib chiqishni, O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishning huquqiy asoslari va bu boradagi huquqni qo‘llash amaliyoti va boshqa masalalar qamrab olingan.

Kursni yakunida ishtirokchilarga xalqaro sertifikatlar topshiriladi.