Akademiya boshlig‘ining talabalar bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi

Akademiya boshlig‘ining talabalar bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi

2024 yil 25 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i v.v.b. S.I.Samadov hamda Akademiya tarkibiy tarmoq rahbarlari va bakalavriat talabalari ishtirokida talabalarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, ularni turli zararli va yot g‘oyalar ta’siridan asrashga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

Ochiq muloqot jarayonida Akademiya rahbari yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarning o‘z iqtidor va iste’dodini ro‘yobga chiqarishlari uchun keng sharoitlar yaratish masalalariga Davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor berib kelinayotganligini, 2024 yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinganligi buning yaqqol misoli ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Akademiyada tashkil etilgan o‘quv jarayonining o‘ziga xosligi, ichki tartib qoidalariga rioya etish masalalari, talabalarni ilmiy klub va to‘garaklarga jalb etish, “Zakovat” intellektual o‘yinlarida ishtiroki, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, va boshqa shu kabi masalalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, talabalar o‘rtasida axloq normalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarning oldini olish, bu borada mustahkam immunitet shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir jarayonida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yanvar oyida o‘tkazilgan Akademiya bakalavriati talabalari o‘rtasida futbol bo‘yicha chempionat g‘oliblari sertifikatlar bilan taqdirlandi. 

Bu kabi tadbirlar Akademiyada tizimli ravishda tashkil etib kelinadi.