Giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasinining oldini olish va noqonuniy moliyaviy oqimlar hajmini aniqlash masalalari bo‘yicha uchrashuv 

Giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasinining oldini olish va noqonuniy moliyaviy oqimlar hajmini aniqlash masalalari bo‘yicha uchrashuv 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bilan bog‘liq transmilliy tahdidlarni o‘rganish va tadqiqot qilish bo‘yicha BMT GJB axborot markazi Rahbari Salome Flores Serra Franzoni hamda BMT GJB Osiyo va Tinch okeani mintaqasida jinoyatchilik va odil sudlov statistikaci bo‘yicha mukammallik markazi metodologiya xodimi David Richard Ravaux bilan gibrid tarzida uchrashuv o‘tkazildi.
 
Uchrashuvda Akademiyaning rahbariyati va xodimlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi vakillari Osiyo–Tinch okeani mintaqasi va Lotin Amerikasi mamlakatlarining giyohvand moddalar savdosidan kelib chiqadigan noqonuniy moliyaviy oqimlar xajmini o‘lchash bo‘yicha tajribasi bilan tanishdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonda giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasining oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, mazkur sohadagi moliyaviy oqimlarni aniqlash va tegishli choralar ko‘rish borasida hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi.