Kiberjinoyatlarni jinoiy ta’qib qilish masalalariga bag‘ishlangan trening

Kiberjinoyatlarni jinoiy ta’qib qilish masalalariga bag‘ishlangan trening

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari tergovchilari uchun “Kiberjinoyatlarni jinoiy ta’qib qilish va o‘zaro huquqiy yordam” mavzusida trening tashkil etildi.

Trening Buyuk Britaniya Qirollik prokuraturasi Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi Kiberterrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarini tergov qilish bo‘limi sobiq boshlig‘i M.Kerrol ishtirokida o‘tkazildi.

Trening dasturi kiberjinoyatlar bilan bog‘liq dalillarning turlari, kiberjinoyatlarning tabiati bilan bog‘liq jihatlar, xalqaro sud jarayonlarining ahamiyati, xalqaro tergov va prokuratura strategiyasi, boshqa yurisdiksiyalardan dalillarni olish, o‘zaro huquqiy yordam so‘rovi, terrorizmning tipologiyasi, terroristik harakatlarni sodir etishda internet tarmog‘ining o‘rni kabi nazariy va amaliy jihatlarni qamrab oldi.

Mazkur trening tergov sohasi xodimlarining zamonaviy xavf-xatar va chaqiriqlarga oid bilim va malakalarini mustahkamlashga, ularni bartaraf etish borasida kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarning savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.