Akademiya jamoasining xalqaro tanlovining saralash bosqichidagi g‘alabasi

Akademiya jamoasining xalqaro tanlovining saralash bosqichidagi g‘alabasi

 

Xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha F.F.Martens nomidagi XXV yubiley tanlovining saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Feniks” jamoasi grant asosida tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

F.F.Martens nomidagi tanlov – Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi (XQXQ) tomonidan talabalar uchun tashkil etilgan xalqaro gumanitar huquq (XGH) bo‘yicha tanlovdir.

Bu yilgi tanlovda ishtirok etish uchun Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 50 dan ortiq ariza topshirilgan. Tadbir joriy yilning 22-26 aprel kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tanlov talabalarda rolli o‘yinlar orqali imitatsiya jarayonida, haqiqiy holatlarga yaqin bo‘lgan vaziyatlarda xalqaro gumanitar huquqni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Tanlovning asosiy yo‘nalishi xalqaro gumanitar huquqni qo‘llash amaliyotiga qaratilgan. Jamoalar XGH va xalqaro ommaviy huquqni bilish; qonun-qoidalarni amalda qo‘llash qobiliyati; rolli o‘yinlar va sahnalashtirishni tushunish; o‘z pozitsiyasi uchun bahslashish qobiliyati; jamoaviy ish; ishlash sifati hamda tasavvur qilish kabi mezonlar asosida baholanadi.