YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunenning Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi

YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunenning Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi

 

Joriy yilning 22 aprel kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YеXHT) bilan hamkorlikda prokuratura va tеrgov organlari xodimlari uchun “Ochiq manbalardan ma’lumotlar olish va ularni tahlil qilish, shuningdek onlayn tergov qilish” mavzusida tashkil qilingan seminar-trening doirasida YеXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori sifatida o‘z ishini boshlagan Antti Karttunenning O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi amalga oshirildi.

Trening AKT qo‘llagan holda sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish sohasida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan xalqaro ekspertlar tomonidan o‘tkazilmoqda.

Tashrif davomida mehmon Akademiya faoliyati, prokuratura va tergov organlari xodimlarini o‘qitish jarayoni, ta’limda qo‘llanilayotgan yangi pedagogik usullar va zamonaviy texnologiyalar, o‘quv infrastrukturasi, professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar hamda qurilayotgan yangi o‘quv kompleksi va obodonlashtirish ishlari bilan tanishtirildi.

Konstruktiv ruhda o‘tkazilgan tadbirda, elchi Antti Karttunen Akademiya faoliyati unda katta taassurot qoldirganini va kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish, amaliy tadbirlar va samarali loyihalar sonini ko‘paytirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.