Biznes-tahlilchi lavozimiga tanlov e’lon qilinadi

Biznes-tahlilchi lavozimiga tanlov e’lon qilinadi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limiga biznes-tahlilchi (senior) mutaxassis lavozimiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish).

Akademiya haqida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF–257-son Farmoniga asosan Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilgan.

Tergov hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan.

Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limiga biznes-tahlilchi (senior) mutaxassissi jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

Biznes-tahlilchi (senior) quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

amaldagi dasturiy tizimlarni tahlil qilish va samarasiz qismlarni aniqlash;

samardorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

har bir loyiha bo‘yicha talablarni yig‘ish, tahlil qilish va rasmiylashtirish;

loyihaning barcha ishtirokchilari uchun maqsadlar va vazifalarni aniqlash;

moliyaviy prognozlar, xavf tahlili va rentabellikni baholashni o‘z ichiga olgan rejalar yaratish;

turli bo‘limlar va loyiha ishtirokchilari o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlash;

belgilangan muddatlarda maqsadlarga erishish uchun jamoaning ishini muvofiqlashtirish;

loyihalarning bajarilishini kuzatish;

loyiha holati haqida muntazam hisobotlar tayyorlash;

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (axborot texnologiyalari soxasida ma’lumotga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi).

25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yosh) katta bo‘lmasligi.

jarayonlarni boshqarish tajribasi, biznes jarayonlarini loyihalashtirish va rivojlantirish tajribasi (kamida 5 yillik);

o‘zgarishlarni boshqarishda nazariy bilimlar, amaliy tajriba (Change Management);

texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va dasturchilar uchun vazifalarni belgilash tajribasi;

dasturiy ta’minot ishlab chiqish siklini tushunish;

talab qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerakligini tushunish;

tashqi mijoz bilan ishlash tajribasi: talablarni yig‘ish, haqiqiy ehtiyojni aniqlash;

hujjatlarni loyihalash tajribasi (biznes talablari, funksional modellar, jarayonlarni loyihalash);

mavjud biznes jarayonlari va algoritmlari bo‘yicha so‘rov o‘tkazish, "as is" tavsifini ishlab chiqish va "to be"ni loyihalash;

boshqarish, metodologiya va jarayonni tavsiflash yozuvlarini bilish (ABS, Jira, SQL, Confluence, BPMN2.0, UML, eEPC va boshqalar.);

namunaviy shaxsiy fazilatlarga – intellekt, madaniyatli, ijodiy, xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, mas’uliyat hissi, mustaqil ish tutish xususiyatlariga ega bo‘lishi zarur.

Biznes tahlilchini ishga qabul qilish Akademiya ichki lokal hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va Akademiya rahbari buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

Bajariladigan ish muddati: mazkur ish muddati 10 oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, fuqaro mehnat shartnomasi asosida Akademiyaga ishga qabul qilinishi mumkin.

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish,

Ish vaqti: 40 soatlik, haftasiga 5 kunlik ish rejimini tashkil etadi.

Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati – 2024 yil 27 avgust (shu kuni ham).

Manzil: Toshkent sh. Yunusobod tumani Rixsili 9.

Tel.: 71-202-04-96;   97-431-10-70.