Ma’muriy tartib-taomillarning prinsiplari bo‘yicha qo‘llanma taqdimoti

Ma’muriy tartib-taomillarning prinsiplari bo‘yicha qo‘llanma taqdimoti


Milliy va yaponiyalik ekspertlardan iborat mualliflar jamoasi tomonidan nashrga tayyorlangan ma’muriy tartib-taomillarning alohida prinsiplari bo‘yicha qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Yaponiya Adliya vazirligi, Nagoya iqtisodiyot universiteti va O‘zbekistonning 20 dan ortiq davlat muassasalari vakillari qatnashdi.

Qo‘llanmani tayyorlashda Adliya vazirligi, Oliy sud, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, Toshkent Davlat yuridik universiteti vakillaridan iborat milliy ekspertlar jamoasi ishtirok etdi.

Ushbu qo‘shma nashr “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ilmiy-amaliy sharh tayyorlash bo‘yicha ishlarning birinchi bosqichi natijasidir.

Qo‘llanmada “qonuniylik”, “mutanosiblik”, “tinglash imkoniyatining mavjudligi”, “teng huquqlilik” “ishonchning himoya qilinishi”, “ma’muriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi” kabi oltita alohida tamoyilni izohlab beruvchi ma’lumotlar mavjud.

Bundan tashqari, qo‘llanmada asosiy tushunchalar batafsil izohlangan, O‘zbekiston va Yaponiyaning huquqni qo‘llash amaliyotidan misollar hamda ma’muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

Qo‘llanma ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasi xodimlari, tadqiqotchilar, talabalar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan hamda tushunarli tilda yozilgan bo‘lib, o‘z navbatida qo‘llanma keng auditoriyada foydalanish uchun mo‘ljallangan.